BTS Expressning «Umumiy shartlar»i asosida yetkazib berishning muddati O’zbekiston Respublikasi bo’ylab 1 ish kunini tashkil qiladi. Yetkazib berish muddati yuk olinganidan keyingi ish kunidan boshlab hisoblanadi.
1. Mobil ilova orqali: Mobil ilova identifikatsiya raqamini tekshirish uchun eng sodda usul hisoblanadi. Mobil ilova orqali identifikatsiya raqamini kiritib, tekshirish uchun ilovani oching va monitoring bo’limiga o’tib ko’rishingiz mumkin.
2. Sayt orqali: Bts.uz saytiga kirib, tizimdan ro’yxatdan o'ting va identifikatsiya raqamini tekshirish uchun so'rovnoma yoki qidiruv maydonchalarini izlang.
3. Telegram bot orqali: Telegram ilovasiga kirib @btsrobot deb qidiring va ro’yxatdan o’ting. Bosh sahifa bo’limiga o’tib, u yerdan “Mening jo’natmalarim” tugmasini bosing
4. BTS Express mijozlarni qo'llab-quvvatlash markazi orqali: Agar mobil ilova yoki sayt orqali tekshirishning imkoni bo'lmasa, BTS Express mijozlarni qo'llab-quvvatlash markazining 1230 telefon raqamiga qo'ng'iroq qilib so'rab olishingiz mumkin.
Buning bilish uchun Pochta topshirgan filialingizning operatori bilan bog’lanish talab etiladi. Agar pochta operatori yordam bera olmasa Shikoyat va takliflar bo’limi xodimlaridan so’rashingiz kerak.
Shikoyat va takliflar bo’limi telefon raqami: +998 93 505 25 41
Tarif kartalari va umumiy shartlar haqida ma'lumot olish uchun quyidagi manzilni (URL) oching:
Ofislarining manzillari haqida ma'lumot olish uchun quyidagi usullarni amalga oshiring:
Telegram: Telegram ilovasida @btsrobot dan ro'yxatdan o'tib va filial manzillarini olishingiz mumkin.
Sayt: BTS Expressning rasmiy veb-saytida filial manzillarini olishingiz mumkin. Ular bu havola orqali aniqlanadi.
Mobil ilova orqali BTS Expressning filial manzillarini ham ko'rish imkoniyati mavjud.
Agar kuryeringiz kechiksa va yoki buyurtmangizni hali olib kelmagan bo'lsa, u haqida ma'lumot olish uchun quyidagi raqamlarga murojaat qiling:
Ushbu raqamlar orqali muammolaringizni hal qilishingiz va savollaringizni javob topishingiz mumkin.
ID raqamingizni bilib olishingiz uchun quyidagi yo'llardan foydalanishingiz mumkin:
Saytdagi shaxsiy kabinet: Sizning ID raqamingizni olishingiz mumkin bo'lgan eng oddiy yo'l bts.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali bo'ladi. Buning uchun saytga kirib, talab qilingan ma'lumotlarni kiritishingiz va o'zingizni identifikatsiya raqamingizni olishingiz mumkin.
Filialimizdan pochta jo'natganda: Agar filialimizdan pochta jo'natish orqali ID raqamni olishni istasangiz operatordan so’rashingiz mumkin. Operatordan sizga SMS yoki boshqa yo'llar orqali identifikatsiya (ID) raqamingizni olishingiz mumkin.
Akt sverkani olish uchun 1230 raqaminga bog’lanishingiz mumkin, biz sizni kerakli bo’limga ulab beramiz.
Bts.uz saytiga kirib mijozlar bo’limiga o’tib xizmat narxini hisoblash mumkun yoki Tariflar haqida bu yerda batafsil ma’lumot olish mumkin: https://bts.uz/uz/dokumenty
Bunday vaziyatlarda shikoyat va takliflar bilan ishlash bo’limi xodimlariga to’g’ridan to’g’ri aloqaga chiqing:
+998 93 505 25 41
BTS Express bilan dunyoning 89 ta davlatga pochta jo’natsa bo’ladi
Bundan tashqari, Turkiya, Rossiya va Janubiy Koreyada BTS filiallari ham mavjud.
O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq quyidagi turdagi tovarlarni tashish taqiqlanadi:
Pul, sovuq va o’q otar qurollar, portlovchi mahsulotlar, giyohvandlik vositalari va psixotroplar, ximik, radioaktiv yoki biologik xavf tug’diradigan materiallar va boshqa bir qancha mahsulotlar.
Bts.uz sayti yoki telegram bot orqali barcha filial ish vaqtlari, manzillari va telefon raqamlari haqida ma’lumot olishingiz mumkun.
Veb-sayt: https://bts.uz/uz/nashi-ofisi
Telegram bot: @btsrobot
Ha, pochtani o'rningizdan boshqa odam olib ketishi ham mumkin. Buning uchun pochta qabul qiluvchisi telefon nomeriga kelgan SMS yoki xabarni pochta operatoriga ko'rsatishi kerak. Shundan so’ng oluvchining raqamiga tasdiqlovchi kod boradi. Tasdiqlab berganidan so’ng ofis xodimlarni pochtani berib yuboradi.
Uchinchi shaxsga yoki boshqa raqamdan qo’ng’iroq qilinsa pochta ma’lumotlari berilmaydi. Sababi arizada jo’natuvchi oluvchi sifatida boshqa raqam ko’rsatgan va aynan o’sha raqamdan mijoz bog’lansagina ma’lumotlar taqdim etiladi. Bu sizning pochtangizga nisbatan xavsizlik nuqati nazaridan kiritilgan. Agarda arizada ko’rsatilgan raqam ishlamasa, bunday xolda jo’natuvchi bilan bog’lanib oluvchini raqamini o’zgartirishni so’rash kerak.
1. Sayt orqali ariza qoldirish:
Ushbu yo'llar bilan kuryer xizmatiga o'zingiz uchun pochta jo'natishni buyurtma bera olishingiz mumkin. Ko'rsatilishi kerak bo'lgan ma'lumotlarni to'g'ri va to'liq kiritishni unutmang. Qo’shimcha ma’lumotlar uchun 1230 telefon raqamiga qo’ng’iroq qilishingiz mumkun
1. Sayt orqali ariza qoldirish:
Ushbu yo'llar bilan kuryer xizmatiga o'zingiz uchun pochta jo'natishni buyurtma bera olishingiz mumkin. Ko'rsatilishi kerak bo'lgan ma'lumotlarni to'g'ri va to'liq kiritishni unutmang. Qo’shimcha ma’lumotlar uchun 1230 telefon raqamiga qo’ng’iroq qilishingiz mumkun
Pochta olib ketilmasa, qancha kun ofisda turishi va jarayonlar quyidagicha bo'ladi:
10 kun davomida BTS filialida bepul saqlanadi.
10 kundan keyin pullik saqlab berish xizmati yoqiladi va 1 oy filialda turadi.
1 oydan keyin bosh ofisga jo’natilib arxivda 2 oy saqlanadi.
2 oy turgach utilizatsiya qilinadi
BTS ofisidan BTS ofisigacha. Bunda Jo’natuvchi pochtani BTS filialiga olib borib beradi va Qabul qiluvchi ham BTS filialidan pochtani olib ketadi
BTS ofisidan manzilingizgacha. Bunda Jo’natuvchi pochtani BTS filialiga olib borib beradi kuryer pochtani Qabul qiluvchining manziligacha yetkazib beradi.
Manzildan BTS ofisigacha. Bunda kuryer pochtani Jo’natuvchini manzilidan olib ketib BTS filialiga yetkazib beradi va Qabul qiluvchi pochtani BTS filialidan olib ketadi.
Manzildan manzilgacha. Bunda kuryer pochtani Jo’natuvchining manzilidan olib Qabul qiluvchining manziligacha yetkazib beradi
Kuryerlik xizmati. BTS Expressning kuryer xizmatlari barcha viloyatlarda mavjud, shuningdek, yirik shaharlarda ham. Siz kerakli manzilni ko'rsating va kuryerlar belgilab qo’yilgan vaqt oralig’ida yetkazib berishni amalga oshiradilar.
Pochta xizmati narxini to'lash uchun odatda pochta xizmatini jo'natgan shaxs to'lovni bajaradi. Pochta operatori jo'natmangizni jo'natishdan oldin to'lovni bajarish uchun sizning pochta ID raqamingizni beradi. To'lovni amalga oshirish uchun siz ushbu pochta ID raqamini foydalanish mumkin bo'lgan to'lov tizimlariga, masalan, Click, Payme, Uzum Bank ilovalari orqali o'tkazishingiz mumkin.
Siz o’z hududingizda pochta va kuryerlik xizmatlarini tashkil etishingiz mumkun, sizda tayyor binolar va moddiy-texnika resurslari bo’lishi kerak. Siz bir martalik boshlang’ich to’lovni amalga oshirib agent sifatida filial ochib, BTS Express hamkoriga aylanishingiz mumkin.
Batafsil ma’lumot uchun bu yerga bosing yoki menejerimizga qo’ngi’iroq qiling: +998 93 505 02 25
BTS Expressda sug’urta xizmati ham mavjud bo’lib uning narxi jo’natiladigan tovar narxining 1 foizlik qiymatiga tengdir. Bunda tovar chekini korsatishi talab etiladi, chek bo’masa tovarning qiymati bozor narxida hisoblanadi.
Agarda pochtangiza zarar yetganligi xaqida isbot dalilingiz bo’lsa bunday xolda takliflar va shikoyatlar bilan ishlash bo’limi xodimining raqamiga aloqaga chiqishingiz mumkin: +99893 505 25 41
OLX, har xil saytlar orqali sizga “tovaringizni olaman”, “BTS orqali kuryer xizmati yoqildi, faqatgina raqamingizga kelgan xavola orqali o’tib karta raqamingizni kiritib to’lovini qilib oling” va shunga o’xshash shubxali jo’natmalarga e’tibor bermang. BTS Express Cargo Servis bunday xizmatlar bilan shug’ullanmaydi.
Bo’sh ish o’rinlari haqida ma’lumot olish uchun “Kadrlar bilan ishlash bo’limi” ga aloqaga chiqing.
Dushanba-Juma kunlari 09:00 dan 18:00 gacha
+998 97 784 42 21
+998 93 505 25 14
Savollaringiz qoldimi?
Savol berish